1348276255.jpg

Kafedra mudiri: Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Abduraximov Doniyor Baxodirovich.

Telefon: +998675894048

Elektron manzili: donier_5@mail.ru, glsu_info@edu.uz, www.guldu.uz

Ilmiy mavzu: "Uzluksiz ta'lim tizimida informatikani ta'lim turlari aloqadorligida o'qitishni takomillashtirish”



Bosh ilmiy mavzu: Ta'limda zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish nazariyasi, uslubiyoti, modellari, algoritmlari, dasturiy vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.



Kafedra tarixi

Kafedra kompyuter va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va ta'limning barcha sohalari ga tatbiq etish hamda xalqaro axborot tizimlariga kirish maqsadida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun 1986 yilda «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» nomi bilan tashkil qilingan. Dastlab kafedraga t.f.n., dots.Abduraim Pardaevich Tishlikov mudiriliq qilgan. Ushbu kafedraga mudir bo'lib turli yillarda dots. I.Isoqov, dots. K.Eshquvatov, dots. S.Allayorovlar faoliyat ko'rsatgan. 2010 yildan p.f.n., dots. Abduraximov Doniyor Baxodirovich kafedra mudiri bo'lib ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar fan doktori, professor, 5 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 5 nafar katta o'qituvchilar va 7 nafar o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda. 1994 yilda kafedra "Amaliy matematika va informatika” nomini oldi. Hozirgi kunda kafedrada bakalavr ta'lim bosqichida 5130200 - Amaliy matematika va informatika hamda 5110700-Informatika o'qitish metodikasi yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Kafedrada 5 ta laboratoriya xonalari mavjud bo'lib, ular zamonaviy rusumdagi kompyuterlar va AKT vositalari bilan jihozlangan. Bu xonalarda yuqori tezlikka ega bo'lgan Internet tizimida ishlash hamda masofali o'qitish imkoniyatlari yaratilgan. 2010-2011 o'quv yilida "Amaliy matematika va informatika” yo'nalishi talabalaridan S.Sultonov M.Ulug'bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori, B.Djoniqulov "Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo'yicha Respublika fan olimpiadasida faxrli 2-o'rin sovrindori bo'ldilar.



Ilmiy tatqiqot ishlari

Kafedrada "Zamonaviy axborot texnologiyalari ta'lim jarayoniga tadbiq etish” nomli ilmiy labaratoriya tashkil etilgan. Ilmiy laboratoriya qoshida ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish uchun innovatsion guruhlar faoliyat ko'rsatmoqda.

1-Innovatsion guruh "Ta'limda zamonaviy pedagogik va AKT larni tatbiq qilish nazaryasi, uslubiyoti, modellari va algoritmlarini yaratish” mavzusida ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqda.

Guruh rahbari dots. I.Isoqov.

A'zolari: S.Qulmamatov, D.Toshtemirov, A.Adilov, Sh.Norqulov, A.Abduqayumov, A.Taniberdiyev.


2-Innovatsion guruh "Ta'limda zamonaviy pedagogik va AKT larni tatbiq etishning dasturiy ta'minotini yaratish” mavzusida ilmiy-tadqiqotishlarini olib bormoqda.

Guruh rahbari dots. S.Allayorov.

A'zolari: U.Latipov, U.Jo'rayev, S.Tishlikov, A.Qudratov, Z.Negmatullaev, A.Qalandarov, M.Nuriev.

Ilmiy laboratoriyada fanlardan elektron o'quv adabiyotlar, mustaqil ta'limni tashkil etishning kompyuter dasturi, masofali o'qitish uchun ta'lim portalali, talabalar bilimini baholashning avtomatlashtirilgan test dasturi, xujjatlar aylanmasining avtomatlashtirilgan tizimi, buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan tizimi kabi dasturiy mahsulotlar yaratildi va ta'lim jarayonini samarali tashkil etishda qo'llanilmoqda. Ilmiy-tadqiqot natijalari esa Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjuman materiallari hamda chop etilgan ilmiy, o'quv uslubiy qo'llanmalarda o'z ifodasini topmoqda.

Shu bilan birgalikda guruh a'zolari tomonidan universitet web sahifasi yangilanib takomillashtirilmoqda hamda regional ta'lim portali innovatsion loyihasi yaratish ustida ish olib borilmoqda.

1348276386.jpg 1348276412.jpg 1348276443.jpg 1348276459.jpg

Kafedra manzili: Guliston sh. 4 - mavze Guliston davlat universiteti "Axborot texnologiyalari” kafedrasi