Kafedra mudiri: 

Telefon: 

Elektron manzili: 

 

 "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi dastlab 1985 yil "Umumtexnika fanlari va o'quv texnik vositalari” kafedrasi bo'lib, Sirdaryo shahrida Sirdaryo davlat pedagogika instituti tarkibida faoliyat boshlagan. "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” ta'lim yo'nalishining "Tabiatshunoslik” fakulteti tarkibidan kafedra tarkibiga o'tkazilishi munosobati bilan uning nomi "Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi” (QXM va MQIT) deb o'zgartirildi”. 2011 yil avgust oyidan "Qishloq xo'jalik mahsulotlarni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” deb nomlandi.

 Kafedra tashkil etilgandan buyon unda dotsentlar G'.Sh. Shokirov, A.O. Obidov, E.S. Qurbonov, S. Hakimov, A. Boyzoqov, B. Qurbonov, A. Jabbarov, M. Turaqulov, professor K.K. Nuriev mudirlik lavozimida faoliyat ko'rsatganlar. 2013 yil 01.02.fevraldan buyon qG'x.f. nomnozodi. G.K. Mirsharipova kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

 Kafedrada 16 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko'rsatmoqda. Professor-o'qituvchilardan 1 nafari fan doktori, professor, 8 nafar fan nomzodlari va 7 nafari o'qituvchilardir.

Kafedra a'zolari ro'yxati

Professor-o'qituvchilar

F.I.Sh.

Lavozimi

1

Mirsharipova Guljaxon Kamolovna

q.x.f.n., kafedra mudirи

2

Barakaev Nusratillo

t.f.n., dotsent

3

Nuriev Karim Katibovich

t.f.d., professor

4

Qurbonov Bahrom

p.f.n., dotsent

5

Obidov Abdulhay

t.f.n., dotsent

6

Raxmatov Orifjon

т.ф.н., доцент

7

Turdiqulov Toirqul

t.f.n., dotsent

8

Qurbonov Ermamat Sayfiddinovich

t.f.n., dotsent

9

To'raqulov Mamarayim Aynaqulovich

t.f.n., dotsent

10

Davlatov Po'lat

katta o'qituvchi

11

Yusufaliev Abduraxmon Tilavovich

katta o'qituvchi

12

Qulbekov Yusup Bosimovich

o'qituvchi

13

Cho'liev Alisher Yo'ldoshevich

o'qituvchi

14

Boymatov Nuriddin Mirzaqulovich

o'qituvchi

15

To'xtamishev Sayitqul Saydull аевич

o'qituvchi

16

To'ychiev Adxam Amrullaevich

o'qituvchi

 

Professor-o'qituvchilarning o'rtacha yoshi 50 yoshga to'g'ri keladi. Kafedraning ilmiy salohiyati 54% ni tashkil etadi. Kafedra bazasida 5620500-"Qishloq xo'jaligi mahsulotlarni etishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” va 5412000-"Mehnat ta'limi” ta'lim yo'nalishlari bo'yicha 178 nafar o'g'il bolalar va 49 nafar qiz bolalar tahsil olib, bakalavrlik akademik darajasini oladilar.

Xozirgi kunda kafedrada yuqori darajada mashg'ulotlarni olib borish uchun sharoitilar yaratilgan, 1 ta kompyuter sinfi, 3 ta multimediya xonasi va 4 ta o'quv xonalari mavjud bo'lib ko'rgazmali qurollar va texnik jixozlar bilan jixozlangan.

Kafedrada 34 ta fan o'tilib, xar bir fan uchun o'quv-uslubiy majmualar tayyorlandi, o'quv uslubiy majmualar 10 nusxadan ko'paytirilib, universitet kutubxonasiga topshirildi. O'quv uslubiy majmualarni elektron variantlari kafedraning ko'mpyuter xonasiga joylashtirilgan. Kafedra o'qituvchilari tomonidan o'zlarining fanlaridan xar bir mavzu bo'yicha taqdimotlar tayyorlandi. Darslar ZPT va AKT dan foydalanilgan xolda olib borilmoqda.

Kafedraning ilmiy tadqiqot ishi "Qishloq xo'jaligini kompleks mexanizatsiyalashtirish va mahsulotlarni qayta ishlashda yuqori samarali texnik vositalarni ishlab chiqish” mavzusiga birlashtirilgan. 2003 yildan texnika fanlari doktori, professor K.K. Nuriev rahbarligidagi ilmiy guruh "Tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning yuqori samarali ishchi organlarini izlash va ishlab chiqish” mavzusidagi loyihasi P-19.5 va 2006 yildan esa shu guruh V-13-282 "Resurs tejovchi va ishlash davrida yuqori ish unumdorligini ta'minlovchi tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning tez ajraluvchi va aylantirma tuzilmali ishchi organlarining yangi konstruktsiyalarni ishlab chiqish” mavzularidan Davlat granti olishga muvaffaq bo'lganda amaliy loyihalar bajarilgan.

Bu loyihalar bo'yicha ishlar muvaffaqiyatli yakunlangan va natijalar bo'yicha bir nafar fan doktori va fan nomzodlari, magistrlar va ko'plab bakalavrlar tayyorlangan. Yigirmadan ortiq patentlar olingan, 75 dan ortiq ilmiy ishlanmalar chop etilgan.

Qishloq xo'jaligi fanlari nomzodi G.K.Mirsharipova rahbarligidagi ilmiy guruh 2006-2008 yillarda A-8-161 "Xorijdan keltirilgan no'xat navlaridan Mirzacho'l sharoitiga moslashgan navlarni tanlash va etishtirish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi Davlat granti asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, tadqiqot natijalari asosida bitta fan nomzodi tayyorlandi, 20 ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. 2011-2013 yillarda yangi yaratilgan «Xalima» va «Malxotra» no'xat navlari uchun ikkita patent olindi va ushbu no'xat navlari 2012 yil O'zbekiston Respublikasi Davlat nav sinash komissiyasi tomonidan lalmi erlarda etishtirish uchun istiqbolli deb topildi.

2012-2014 yillarda prof.K.Nuriev rahbarligidagi yangi ijodiy guruh ATD-9-24 davlat granti asosida "Sifatli mahsulotlarni uzluksiz ishlab chiqarishni ta'minlovchi qishloq xo'jalik chiqindilarini organik o'g'itlarga qayta ishlash liniyasining yuqori samarali, resurs tejamkor, ekologik toza innovatsion texnologiyalar va texnik vositalarni ishlab chiqish” mavzusida 40 mln. so'mlik amaliy loyihani bajarishga kirishdilar.

Kafedra ToshDTU, ToshDAU, JizPI, FarPI, TESI, TAYaI, O'zMEI, O'zPITI, Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiya instituti, Toshkent ximiyatexnologiya instituti, O'zBUVITI, Qo'qonDPI, O'zPFITI, QarMII kabi ko'plab OTM va ilmiy tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan ilmiy-amaliy aloqalar o'rnatgan.

BMKB "Agromash”, OAO Chirchiqqishloqmash, Baxtqishloqmash, TTZ ASBOB ShK, Baxt TTMZ, "B-Altayserviz” OAO "Ekskovator texnoservis”, Guliston yog' ekstrakt hissadorlik jamiyati, Sardoba paxta tozalash ochiq turdagi hisadorlik jamiyati bilan ijodiy hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

Talabalar ochiq turdagi «Sardoba» paxta tozalash hissadorlik jamiyatida amaliyot jarayonidai

Page:  1  2  ()
Page:  1  2  ()